ZnO NANOZARRACHALARINI OLISH VA ULARNING STRUKTURASI HAMDA MORFOLOGIYASIGA HARORATNING TA’SIRI

Authors

  • Qurbonov Behro‘z, Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети, Тошкент, Ўзбекистон,
  • Xudoyberdiyev Islomjon 1Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети, Тошкент, Ўзбекистон,
  • Mahkamov Muzaffar 1Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети, Тошкент, Ўзбекистон,

Abstract

Rux oksidi (ZnO) keng taqiqlangan zonali (3,37 eV) yarimo‘tkazgich bo‘lib, katta eksiton bog‘lanish energiyasi (60 meV), yuqori kimyoviy va termik barqarorligi tufayli gaz sensorlari, fotokatalizatorlar, pyezoelektrik qurilmalar va antibakterial materiallarda keng qo‘llaniladi [1, 2]. ZnO nanozarrachalarining xossalari ularning o‘lchami, shakli va kristallik darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu parametrlar sintez usuli va sharoitlari bilan belgilanadi [3, 4]. Rux tuzlarini termik parchalash usuli texnik jihatdan soddaligi va erituvchilar talab qilmasligi bilan ajralib turadi .

Ushbu ishning maqsadi rux atsetat digidratini turli haroratlarda termik parchalash orqali ZnO nanozarrachalarini olish hamda parchalanish haroratining ularning kristall tuzilishi, o‘lchami va morfologiyasiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Downloads

Published

2026-10-05