O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Authors

  • Rasulov Sherdor Azam o’g`li Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Sho’ba boshlig’i

Keywords:

Kalit so‘zlar: nodavlat notijorat tashkiloti, fuqarolik jamiyati, huquqiy tartibga solish, ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati, davlat granti, huquqiy kafolat, shaffoflik, hisobdorlik.

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimida kuzatilayotgan zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy kafolatlarning mustahkamlanishi, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik mexanizmlarining rivojlanishi, davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining yangilanishi, NNT faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun javobgarlikning belgilanishi hamda moliyaviy hisobotni soddalashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlar tadqiq etilgan. Milliy huquqshunoslikdagi NNT qonunchiligini tizimlashtirishga doir qarashlar amaldagi huquqiy islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Huquqiy tartibga solishda NNT mustaqilligi, ochiqlik, hisobdorlik va davlat bilan hamkorlik tamoyillarining o‘zaro muvozanatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Downloads

Published

2026-10-05