BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDAGI YETAKCHILIK VA TARBIYACHI FAOLIYATI ORQALI KASBIY FAZILATLAR HAMDA PEDAGOGIK MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • G‘iyosova Parvinabonu Valijon qizi Zarmed Universiteti, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabasi

Keywords:

Kalit so‘zlar: pedagog-talaba, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, yetakchi, tarbiyachi, darsdan tashqari faoliyat, pedagogik muloqot, kasbiy kompetensiya, kasbiy fazilatlar, emotsional intellekt, liderlik, tashkilotchilik, refleksiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak pedagog kadrlar, xususan, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yetakchi va tarbiyachi sifatidagi faoliyatining kasbiy-shaxsiy rivojlanishi hamda pedagogik mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi muhiti bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, bolalar bilan samarali muloqot o‘rnatish, empatiya, emotsional intellekt, liderlik, tashkilotchilik va nostandart pedagogik vaziyatlarda maqbul qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi ijtimoiy-pedagogik muhit sifatida yoritiladi.

 

Downloads

Published

2026-10-05