GLOBAL RAQAMLI PLATFORMALARDA UZATILAYOTGAN MADANIY KONTENTLARNING JAMOATCHILIK FIKRIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: global raqamli platformalar, madaniy kontent, jamoatchilik fikri, raqamli kommunikatsiya, algoritmik tavsiya, madaniy reprezentatsiya, stereotiplash, media ta’siri.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda global raqamli platformalarda tarqatilayotgan madaniy kontentlarning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni va ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy kontent tushunchasi keng ma’noda – milliy urf-odatlar, an’analar, til, san’at, musiqa, kino, turizm, kundalik turmush tarzi va tarixiy-madaniy merosni ifodalovchi raqamli materiallar majmui sifatida talqin qilinadi. Global platformalarning algoritmik tavsiya tizimlari mazkur kontentning qaysi auditoriyaga, qanday ketma-ketlikda va qanday ko‘rinishda yetib borishini belgilovchi muhim vositaga aylanayotgani asoslanadi. Tadqiqot natijasida madaniy kontent nafaqat madaniyatni namoyish etuvchi kommunikativ vosita, balki auditoriyaning boshqa xalqlar, hududlar va ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlarini shakllantiruvchi omil ekani ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, algoritmik personalizatsiya, stereotiplash, ommaboplik mezonining ustuvorligi va kontentning kontekstidan uzilishi jamoatchilik fikrining biryoqlama shakllanishi xavfini yuzaga keltirishi mumkin.