MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI SHAROITIDA BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR VA MA’MURIY BOSHQARUV

Authors

  • Kamolov U. Navoiy davlat universiseti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

Kalit so‘zlar: Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik siyosati, protektorat, ma’muriy boshqaruv, siyosiy agentlik, amir hokimiyati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Markaziy Osiyo, davlat boshqaruvi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va ma’muriy boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi mustamlakachilik siyosati, Buxoro amirligining Rossiya protektorati maqomiga o‘tishi, Rossiya siyosiy agentligining tashkil etilishi hamda uning amirlik davlat boshqaruviga ta’siri masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, amirlikdagi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi, amir hokimiyatining mavqei, mahalliy ma’muriy tuzilmalarning faoliyati va Rossiya imperiyasi bilan siyosiy-huquqiy munosabatlarning rivojlanishi yoritiladi. Tadqiqot tarixiy-qiyosiy, tizimli va manbashunoslik tahlili usullariga asoslangan. Tahlil natijalari Rossiya protektorati davrida Buxoro amirligining rasmiy davlat institutlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, uning tashqi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi sezilarli darajada cheklanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, an’anaviy boshqaruv institutlari Rossiya imperiyasi manfaatlari bilan uyg‘unlashgan murakkab siyosiy boshqaruv tizimi shakllangan.

 

Downloads

Published

2026-10-05