ROSSIYA IMPЕRIYASI MUSTAMLAKACHILIK SHAROITIDA BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR VA DAVLAT BOSHQARUVI MASALALARI
Abstract
XIX asrning ikkinchi yarmi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida va taqdirida keskin burilish davri bo‘ldi. Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi nafaqat boshqaruv sohasida, balki ulka xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarida ham keskin o‘zgarishlarga olib keldi. Rossiya imperiyasi o‘lkani istilo qilganidan so‘ng mahalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom” ni joriy qildi. Bu qonunga ko‘ra mahalliy aholi siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan. Xususan, ularning vakillari oliy va o‘rta lavozimlarga yaqinlashtirilmay, hokimiyat tamomila rus harbiylari va amaldorlari qo‘lida to‘plangan[ .] Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylanib, Yevropa va Osiyoning bir qismini o‘z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda o‘ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi.