IJODKORLIK – IQTIDORLI O’QUVCHILARNI TARBIYALASHNING MARKAZIY OMILI SIFATIDA: ILMIY-NAZARIY TAHLIL

Authors

  • Holiqova Madina Komiljon qizi Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi tayanch doktoranti

Abstract

Mazkur maqolada ijodkorlikning iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonidagi markaziy omil sifatidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida iqtidorli bolalarning shaxsiy, intellektual va ijodiy salohiyatini kompleks rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Maqolada ijodkorlik tushunchasining pedagogik-psixologik mohiyati, uning iqtidor tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda tarbiyaviy jarayondagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Ilmiy-nazariy tahlil asosida ijodkorlikning iqtidorli o‘quvchilarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, shuningdek, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Maqolada ijodkorlikni rivojlantirish orqali iqtidorli o‘quvchilarda tarbiyaviy maqsadlarga erishishning pedagogik mexanizmlari va shart-sharoitlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari ijodkorlikni iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashning markaziy omili sifatida e’tirof etish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tizimli integratsiya qilish zarurligini tasdiqlaydi. Maqola pedagogika, psixologiya va ixtisoslashtirilgan ta’lim sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda amaliyotchilar uchun nazariy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

 

Downloads

Published

2026-09-28