MAKTAB O‘QUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, kommunikativ topshiriq, kommunikativ kompetensiya, ingliz tili, argumentatsiya, muammoli vaziyat, axborotni baholash, qaror qabul qilish, refleksiya.Abstract
Annotatsiya. Maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida maktab o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ topshiriqlardan foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish o‘quvchining faqat leksik-grammatik bilimlarini rivojlantirish bilan cheklanmay, axborotni tahlil qilish, turli nuqtayi nazarlarni qiyoslash, dalillarning ishonchliligini baholash, muammoga muqobil yechimlar ishlab chiqish va o‘z pozitsiyasini asoslash ko‘nikmalarini ham talab qilishi asoslangan. Kommunikativ topshiriqlarni reproduktiv, qiyosiy, argumentativ, muammoli va reflektiv darajalarda tashkil etish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Downloads
Published
2026-06-09
Issue
Section
Articles