QORAQALPOG‘ISTON KASABA UYUSHMALARINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY FAOLIYATI: 1936–1991-YILLAR

Authors

  • Matjanbaev Allayar Jangabaevich O`zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Mustaqil tadqiqotchiSI Registrator ofis boshlig`i
  • I.Elmuratov Ilmiy rahbar PhD.docent

Keywords:

Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston, kasaba uyushmalari, mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya, ijtimoiy sug‘urta, sanatoriy, mehnat muhofazasi, madaniy-ma’rifiy faoliyat, sport, qayta qurish.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1936–1991-yillarda Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sport sohalaridagi faoliyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Qoraqalpog‘iston ASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga o‘tishi hududdagi kasaba uyushmalarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimi bilan integratsiyalashuviga olib kelgani, keyingi davrda esa ularning institutsional tuzilmalari mustahkamlanganligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi materiallari, Qoraqalpog‘iston ASSR tarixiga oid fundamental asarlar, kasaba uyushmalari tarixiga bag‘ishlangan nashrlar hamda sohaga oid ilmiy adabiyotlardan foydalanildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida kasaba uyushmalari ishlab chiqarish va mehnat safarbarligi, sanitariya tadbirlari hamda front ortidagi ijtimoiy vazifalarda ishtirok etgan. Urushdan keyingi yillarda ularning faoliyatida ishchi-xizmatchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy sug‘urta, sanatoriy-kurort xizmatlari, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish ustuvor yo‘nalishga aylangan. 1970–1980-yillarda kasaba uyushmalari a’zolari soni va boshlang‘ich tashkilotlar tarmog‘ining kengayishi ularning ommaviy ijtimoiy institutga aylanganini ko‘rsatsa-da, faoliyatda formalizm, ma’muriy-buyruqbozlik va siyosiy qaramlik kabi muammolar saqlanib qolgan. 1985-yildan keyingi qayta qurish jarayonlari va 1990-yildagi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslarini yangilashga xizmat qilgan.

 

Downloads

Published

2026-09-02