FOUNDATION FROM LIFE: EDUCATING THROUGH WISE WORDS (IN THE CLASSIFICATION OF ABDULLA QODIRIY'S "OTKAN KUNLAR" ).
Main Article Content
Abstract
This article interprets wise words, their meanings and meaning in life, as well as their skillful rendering by the writer in Abdulla Qodiriy's novel "Bygone days". Words of wisdom are often phrases containing life experience, wisdom, and deep thoughts. This article provides examples of wisdom from various mythological, religious, and cultural sources. It analyzes the lessons of wisdom through the sayings of famous sages and writers. There also explores how words of wisdom affect human behavior and social relationships. This article encourages readers to find answers to important life questions and enriches their voice of thought.
Article Details
References
Qodiriy Makhzuna
Faculty of Integrated English Course No. 3,
English teacher,
Uzbek State University of World Languages
Tashkent, Uzbekistan
Email address: mahzuna.qodiriy@gmail.com
Annotation
This article interprets wise words, their meanings and meaning in life, as well as their skillful rendering by the writer in Abdulla Qodiriy's novel "Bygone days". Words of wisdom are often phrases containing life experience, wisdom, and deep thoughts. This article provides examples of wisdom from various mythological, religious, and cultural sources. It analyzes the lessons of wisdom through the sayings of famous sages and writers. There also explores how words of wisdom affect human behavior and social relationships. This article encourages readers to find answers to important life questions and enriches their voice of thought.
Keywords: words of wisdom, wisdom, life experience, sayings, religious influence, culture, lessons, behavior, social relations, voice of opinion, advice, influence, meanings, change.
HAYOTDAN OLINGAN POYDEVOR: HIKMATLI SO’ZLAR ORQALI TARBIYALASH (ABDULLA QODIRIYNING “O’TKAN KUNLAR” ASARI TASNIFIDA).
Qodiriy Mahzuna
Ingliz tili integrallashgan kursi № 3 fakulteti,
ingliz tili o‘qituvchisi
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Toshkent, O‘zbekiston
Elektron pochta: mahzuna.qodiriy@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada hikmatli so'zlar, ularning ma'nolari va hayotdagi ahamiyati va ularning Abdulla Qodiriyning “ O’tkan kunlar” romanida adib tarafidan mohirona yetkazib berilishi hususida talqin etiladi. Hikmatli so'zlar, ko'pincha o'z ichiga hayot tajribasi, donishmandlik va chuqur fikrlarni jamlagan iboralardir. Ushbu maqola turli mifologik, diniy va madaniy manbalardan kelib chiqadigan hikmatlardan misollar keltiradi.Mashhur donishmandlar va yozuvchilarning iboralari orqali, nasihatlardan qanday saboqlar olish mumkinligi tahlil qilinadi. Shuningdek, hikmatli so'zlar inson xulq-atvoriga va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta'sir ko'rsatishi ham ko'rib chiqiladi. Ushbu maqola, o'quvchilarni hayotdagi muhim savollarga javob topishga undaydi va ularning fikr ovozini yanada boyitadi.
Kalit so’zlar : Hikmatli so'zlar ,donishmandlik ,hayot tajribasi ,iboralar ,diniy ta'sir, madaniyat ,saboqlar ,xulq-atvor , ijtimoiy munosabatlar ,fikr ovozi, nasihat ,ta'sir, ma'nolar , o'zgarish.
ФУНДАМЕНТ ИЗ ЖИЗНИ: OБРАЗОВАНИЕ ЧЕРЕЗ МУДРЫЕ СЛОВА (ПО КЛАССИФИКАЦИИ ПРОИЗВЕДЕНИЯ АБДУЛЛЫ КАДИРИ «МИНУВШЫЕ ДНИ»).
Кодирий Махзуна
Факультет Интегрированного курса английского языка №3,
учитель английского языка,
Узбекский государственный университет мировых языков
Ташкент, Узбекистан
Электронная почта: mahzuna.qodiriy@gmail.com
Аннотация
В этой статье интерпретируются мудрые слова, их значения и значение в жизни, а также их умелая передача писателем в романе Абдуллы Кадирий «Минувшие дни». Слова мудрости часто представляют собой фразы, содержащие жизненный опыт, мудрость и глубокие мысли. В этой статье приводятся примеры мудрости из различных мифологических, религиозных и культурных источников. В ней анализируются уроки мудрости через высказывания известных мудрецов и писателей. Он также исследует, как слова мудрости влияют на поведение человека и социальные отношения. Эта статья призывает читателей найти ответы на важные вопросы жизни и обогащает их голос мысли.
Ключевые слова: слова мудрости, мудрость, жизненный опыт, изречения, религиозное влияние, культура, уроки, поведение, социальные отношения, голос мнения, совет, влияние, смыслы, изменение.
O‘zbek xalqining boy ma'naviy merosining ajralmas qismi sifatida asrlar osha yashab kelayotgan hikmatli so‘zlar, maqollar, matallar va iboralarni tadqiq etish doimo dolzarb ilmiy vazifa bo‘lib kelgan va hozir ham shunday ahamiyatga ega. Xalq hayotini, insoniy tuyg‘ularning rang-barang ifodasini aks ettiruvchi ushbu xalq ijodiyoti shakllarini o‘rganish o‘tmaydigan ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligida hikmatli so‘zlar, maqollar, matallar va iboralarni tadqiq etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu fol'klor shakllari shaxsning, ayniqsa yosh avlodning shakllanishida muhim rol o‘ynab, rostgo‘ylik, halollik, mehnatsevarlik, mardlik, jasurlik, sabotlilik va matonatlilik kabi axloqiy fazilatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi, yuksak insoniy ideallarni targ‘ib qiladi. Qolaversa, ular yozuvchilar, shoirlar va notiqlarning lug‘at boyligini oshirib, ularning asarlariga alohida ifodalilik va badiiy kuch bag‘ishlaydi.
Biz nutqimizda ko‘p hollarda aforizmlarga murojaat qilamiz. Aforizm (yunoncha «aphorismos» – hikmatli so‘z, qisqa ifoda) – qisqa, ammo chuqur ma'noga ega bo‘lgan, muallifi aniq bo‘lgan ibora, hikmatli so‘zlar hisoblanadi. Aforizmning asosiy qoidasi sifatida shuni ta'kidlash joizki, shaklan ixchamligi, obrazlar va fikrlarga boyligi, his-tuyg‘ular, xulosalar va holatni aniq va mukammal aks ettirish uchun kuchli emosional va intellektual ta'sir kuchiga ega bo‘lishi aforizmning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Aforizm mavzu jihatidan cheklanmagan bo‘lib, barcha sohalarga oid masalalarni aks ettirishi mumkin. Eng muhimi, u fikrni xalq tiliga yaqin, uning ruhiga mos ravishda ifoda etadi. Shuning uchun ham xalqning ruhi va fikr-qarashlarini ifoda etadigan aforizmlar tez ommalashib, umummilliy shiorga aylanib ketadi. Maqol xalqimizning yillar davomida shakllangan og‘zaki nutqining namunasi sanaladi. «Maqol» atamasi arabcha «qavlun» – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
O‘zbek xalq maqollari tilimizda muqimlashgan, qotib qolgan shaklda namoyon bo‘ladi. Maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi, biror so‘z qo‘shish mumkin emas. Maqollar xalqimizning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy, madaniy-ma'naviy merosi hisoblanadi. Bu meros madaniyatimizning ham namunasi sanaladi. Til va madaniyatning o‘zaro yaqinligi va bog‘liqligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganish imkonini beradi. Biroq, yoshlarda ko‘p kuzatilgan holat sifatida shuni aytish joizki, ular aforizm va maqolni bir xil atama sifatida ishlatishadi. Maqollar va aforizmlar bir-biridan to‘liq farq qiladi va ularni lingvokul'turologik nuqtai nazardan o‘rganish bugungi kun tilshunosligi oldidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Aforizmlarni ilm ob'ekti sifatida o‘rganish va to‘plash XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Aforizmlarni to‘plash va nashr qilishda missioner N.G. Ostroumovning xizmati katta hisoblanadi. Hikmatli so‘zlarni mustaqil ilmiy janrlarda ham, ilmiy, falsafiy, tarixiy, badiiy asarlarda ham uchratish mumkin. Ba'zan asar boshidan oxirigacha hikmatli so‘zlardan iborat bo‘lishi mumkin (Forobiy).
Alisher Navoiyning ayrim asarlari hikmatli so‘zlarga boy (“Nazm ul-javohir”, “Arbain”, “Mahbub ul-qulub” va boshqalar). Qolaversa Mavlono Rumiy ham hikmatli so‘zlar yozish bo‘yicha o‘zining bebaho merosini qoldirgan. Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida hikmatli so‘zlarning aksariyati yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslihat berish tarzida uchraydi. Aforizmlarning yangi nashrlari bilan shug‘ullangan tadqiqotchilar sifatida B.Sarimsoqov, K.Imomov, va X.Abdurahmonovlarning ishlari ham diqqatga loyiq. B.A.Soatov hikmatli so‘zlarning janr xususiyatlari va she’riy xususiyatlarini aniqlagan. X. Sharafiddinova hikmatli so‘zlarning tuzilishidagi qofiya va uning funksional-uslubiy xususiyatlariga e’tibor qaratgan. I. Begmuratov, R. A. Latipova, E. V. Ivanovalarning ilmiy tadqiqotlarida folklor aloqalari, jumladan hikmatli so‘zlar, maqol va matallar qiyosiy planda ko‘rib chiqilgan. Rus tilidagi hikmatli so‘zlar V.D. Chernelevaning tadqiqotida qiyosiy aspektda o‘rganilgan.
Adabiy tilning shakllanishi, baland maqomi, sheva xazinasidagi so‘zlarni iste’molga olib kirishi va esdan chiqqan tub so‘zlarning qayta qo‘llanishida adiblarning benazir badiiy tafakkuri vosita bo‘ladi. Xalq ichidan olingan jonli so‘zlar ularning ijod xumdonida toblanadi, pishadi, qayralib sayqal topadi. Shu zaylda xalqning tuganmas xazinasiga, muomala-munosabatlarida ma’naviy mulkiga aylanadi.
Abdulla Qodiriy asardan asarga badiiy tasvir, uslub va poetik til jihatidan ham yuksalib boradi. Oybek “Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” risolasida yozuvchi romanlari tili masalasi o‘rtaga qo‘yilganda: “O‘tkan kunlar” romanida yozuvchi til ustida katta mahorat ko‘rsatadi. Romanning tili, haqiqatan boy, bo‘yoqli, sodda, ifoda kuchi zo‘r, massaga anglashilarli bir tildir. O‘zbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz katta”; “O‘tkan kunlar” yangi o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi”, degan teran fikrlarni yozdi.
...“yotib qolg‘uncha otib qol!”
Orzuga ayib yo‘q, deydirlar.
...tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydi, boshqaga ham yedirmaydir.
...qirqqiga chidagan, qirq biriga ham chiday olar.
...yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik ko‘rinadir...
Qilni qiriq yoradirg‘on donolar.
...kishining davlatiga qarab hukum yuritish qiyin.
Inshoolloh ishning oxiri xayrlikdir.
Ko‘ngil orzusiga qarshi bordim.
Jaholat kelsa, aql qochadir.
Temirni qizig‘ida so‘qib qolish kerak.
Kengashlik ish tarqamas.
...ish yo‘g‘idan yumish chiqarishqa talabgor bekorchilar.
O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna fasodni kutib, darbozamiz tagida (Oqmasjid yoki Olmota yonida) qo‘r to‘kib yotibdi.
Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risid ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!
...oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovni ko‘radir!
...yomondan hazar lozimdir.
Dunyoni ishi bitar emishmi.
...hayotning zarbasi har kimning o‘z darajasiga qarab va lekin istisno (mustasno)siz bo‘lg‘anlig‘ini tushundi.
Oy borib, omon kelishsunlar - da!
...o‘z qo‘limiz bilan o‘zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor?
Nega har narsaga yetgan aqling shunga qolg‘onda oqsaydir?
U yordam so‘rag‘anidag‘ina ketman ko‘taramiz.
Egasini siylagan itiga suyak tashlar.
Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z m anfaati shaxsiyasi yo‘lida bir- birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi.
Oy etak bilan yopilmas.
...sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha'niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir.
Xomsut emgan bandamiz.
Kishining boshig‘a bir ish tushganda, darrav biravdan kengash va yordam so‘raydir.
Siylaganni siylash kerak.
O‘tgan ishga salovat.
Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi donli ko‘zada.
Zo‘ri behuda miyon shikand. (tarjimasi: o‘rinsiz chiransang, beling sinadir).
...bir oz aqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir.
...”o‘lganimdan kulaman, yuzmni yerga suraman”.
Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydir.
Umr, murosa degan gaplar bor.
Qars ikki qo‘ldan chiqadir.
Osh egasi bilan shirin.
Sovutmachoq dasturxon - nardan–beri tayyorlangan, supta dasurxon.
Buzoq yaxshi bo‘lsa ikki onani emar ekan...
Bizning Marg‘ilonda ham shunday keliimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an ekanmimz-da.
Yana hali sen manim sobunimga kir yuvib ko‘rganing yo‘q!
...bularni yigit asrasa, siz bilan meni tomoq asraydir.
...”Agar bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilgan bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning qiyomatini yaqin bil, ya'ni halokatiga muntazir bo‘l”(Hadis).
Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngul shu manfaatparaslar ta'sirida qoraydi.
...qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oq gulning ham o‘z oldig‘a isi bor.
Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘a tashlash darajasiga yetkan edim.
Miltiqni o‘qidek, pushti gulni to‘qidek kelinim bor ekan.
Davlati bo‘lsa ham o‘zi tert namoioyishi edi...
Kishi davlat uchun erga tekkanidan yerga tegsin...
Foydalanilgan adabiyotlar :
Abdulla Qodiriy “ O‘tkan kunlar”. Toshkent .1992.
Arnold, I.V. (1991). Fundamentals of scientific research in linguistics. Moscow: Flinta.
Averintsev, S.S. (1987). Philology. In Literary Encyclopedic Dictionary (pp. 467-468). Moscow: Soviet Encyclopedia.
Akramov.I.I –2022. ―The aphorism and the aphoristic style of communication. Центр научных публикаций
Isaeva, Sh.M. (2021). Literary text as a reflection of the culture of the people. Modern Science: Current Issues, Achievements and Innovations: a collection of articles of the XXI International Scientific and Practical Conference (pp. 181–183). – Penza: ICNS ‘Science and Enlightenment’
Irisqulov, A.T. (2009). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: “Yoshlar matbuoti” bosmaxonasi.
Lukin, V.A. (1999). Literary text: Fundamentals of linguistic theory and elements of analysis. Moscow: Publishing House “Axis-89”.